27 noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Davlat Akademik katta teatrida «PROlogue-2018» Xalqaro kinofestivali o`tkazilishi munosabati bilan, teatr atrofidagi qator ko`chalar transport vositalari harakati uchun soat 17.00dan 20.00gacha vaqtinchalik berk bo`ladi:
Islom Karimov ko`chasi – Sharof Rashidov ko`chasidan Taras Shevchenko ko`chasigacha;
Buyuk Turon ko`chasi – Matbuotchilar ko`chasidan Islom Karimov ko`chasigacha;
Zarafshon ko`chasi – Matbuotchilar ko`chasidan Islom Karimov ko`chasigacha;
Buxoro ko`chasi – Zarafshon ko`chasidan Amir Temur ko`chasigacha.

«Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so`raymiz», - deyiladi Poytaxt IIBB xabarida.






