AsosiyMadaniyat

Toshkentda PROlogue xalqaro kinofestivali ochilish arafasida (foto)

'Toshkentda PROlogue xalqaro kinofestivali ochilish arafasida (foto)'ning rasmi

Bugun soat 18. 00 da Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatrida PROlogue kinofestivalining tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tadi.

PROlogue IV xalqaro kinofestivalining birinchi kuni davomida xalqaro hakamlar hay`ati a`zolarining matbuot anjumani bo`lib o`tdi.

Tadbir davomida jurnalistlar savollariga to`liq metrajli filmlar tanlovining xalqaro hakamlar hay`ati raisi mashhur teatr va kino aktyori, Rossiya xalq artisti, ko`plab mukofotlar sohibi Sergey Shakurov, teatr va kino aktyor, O`zbekiston xalq artisti Yodgor Sa`diev, rossiyalik postanovkachi operator Sergey Astaxov, AQShlik kinofestival tashkilotchisi Piter Skarlett va polshalik rejissyor Kuba Chekay javob berishdi.

Matbuot anjumani davomida OAV vakillarini qiziqtirgan savollarga qisqa metrajli filmlar tanlovining hakamlar hay`ati raisi taniqli o`zbek rejissyori, ko`plab xalqaro kinofestivallarning laureati Ayub Shahobiddinov hamda hay`at a`zolari – prodyuser Fabio Kanepa (Italiya), aktyor Filipp Reynhartd (Shveysariya), postanovkachi operator Maks Tsui (Germaniya), kino eksperti va kinoshunos Gulbara Tolomushova (Qirg`iziston) javob berishdi.

PROlogue IV Xalqaro kino festivali O`zbekiston Yoshlar ittifoqi tomonidan "O`zbekkino" milliy agentligi, Toshkent shahar hokimligi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi, Yosh kinematograflar kengashi, O`zbekiston milliy kinokomissiyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Xalqaro kinofestivalning bosh hamkori «Orient Finans Bank» bo`ldi.


    Boshqa yangiliklar