AsosiyJamiyat

"Taning sog`lom – yorug` olam" sport tadbiri tashkil etildi

'"Taning sog`lom – yorug` olam" sport tadbiri tashkil etildi 'ning rasmi

Bugungi kunda jamiyatimizning har bir bo`g`inida sport va jismoniy tarbiyaga alohida e`tibor berilmoqda. Xususan, turli tashkilotlarda uyushtirilayotgan musobaqalar, erishilayotgan yutuqlar buning yaqqol dalilidir.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 2018 yil 20 sentyabr kuni jismoniy tarbiya va sport masalalariga bag`ishlab o`tkazilgan yig`ilishda belgilangan vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi “O`zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyida “Taning sog`lom – yorug` olam” sport tadbiri tashkil etildi.

Aytish joizki, “O`zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi Kasaba uyushmasi qo`mitasi raisi Firuza Mirkamolovaning tashabbusi bilankorxonada xodimlarning ish vaqti davomida ishlab chiqarish gimnastikasi bilan shug`ullanishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi. Endilikda ishchi-xodimlar har kuni muntazam ravishda “Taning sog`lom – yorug` olam” shiori ostida sog`lomlashtirish gimnastikasi bilan shug`ullanishmoqda.

Zero, sog`lom vujud – sog`lom aql demakdir. Sog`lom xodimgina korxona manfaati yo`lida o`zini foydali ishlarga safarbar etadi. Buning uchun, albatta, korxona ishchi-xodimlari uchun ishlab chiqarish gimnastikasi foydadan holi bo`lmaydi.

Shuningdek, “O`zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi Kasaba uyushmasi tomonidan yilda o`tkazib kelinayotgan korxona bo`limlari o`rtasida bir qator sport turlari bo`yicha o`tkazib kelinayotgan spartakida ham ishchi-xodimlarning sog`lom turmush tarziga oid tushuncha va bilimlarini yanada kengaytirib, yurtimizda sport va jismoniy tarbiyaga oid islohotlarni ularning ongiga singishida o`ziga xos dastak bo`lmoqda.

    Boshqa yangiliklar