AsosiyJamiyat

"PROlogue-2018" xalqaro kinofestivali ochildi

'"PROlogue-2018" xalqaro kinofestivali ochildi'ning rasmi

Poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Davlat akademik katta teatrida "PROlogue-2018" xalqaro kinofestivalining ochilish tadbiri o`tkazildi.

Davlatimiz rahbarining 2017 yil 3 avgust kuni mamlakatimiz ijodkor ziyolilari bilan uchrashuvi kino sohasi vakillari oldiga ham ulkan vazifalarni qo`ydi. Yuksak malakali kadrlar tayyorlash, tomoshabinlarni badiiy jihatdan mukammal, yuqori saviyadagi milliy filmlardan bahramand etish, ijodkorlar mas`uliyatini yuksaltirish shular jumlasidandir.

4.JPG

Prezidentimizning 2017 yil 7 avgustda qabul qilingan "Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi qarori yoshlar ongiga milliy istiqlol g`oyalariga sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat, ona Vatanga muhabbat tuyg`ularini singdirishda katta ta`sir kuchiga ega bo`lgan kino san`atining rolini oshirish, “O`zbekkino” milliy agentligining faoliyatini takomillashtirish borasida yangi istiqbollarni ochmoqda. Unga ko`ra “O`zbekkino” milliy agentligi uchun milliy kino mahsulotlarini yaratish bo`yicha yillik ishlab chiqarish hajmining prognoz ko`rsatkichlari belgilab berildi. Joylarda kichik kinostudiyalar va zamonaviy formatdagi kinozallari bo`lgan mintaqaviy madaniy-ko`ngilochar komplekslar bunyod etishga alohida e`tibor qaratilmoqda.

Ayni vaqtda kinematografiya sohasida kadrlarni qayta tayyorlash maqsadida agentlik qoshida malaka oshirish kurslarini tashkil etish, atoqli kino ijodkorlar dars beradigan mahorat maktablari faoliyatini yo`lga qo`yish, yurtimizdagi yosh, iste`dodli va istiqbolli kino ijodkorlarning malakasini oshirish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

"PROlogue-2018" xalqaro kinofestivalidan ko`zlangan asosiy maqsad ham kinematografiya sohasida yurtimiz va xorijiy tajribani atroflicha o`rganish, tahlil etish, ijodkorlarning o`zaro muloqoti uchun zarur imkoniyat va sharoitlar yaratish, yurtdoshlarimizni milliy va jahon kino san`atining eng so`nggi yutuqlaridan bahramand etishdan iboratdir.

7.JPG

...Tantanali tadbir yurtimiz va xorijlik kino ustalarining qizil yo`lakchadan o`tishidek hayajonli onlari bilan boshlandi. Musiqaning sho`xchan sadolari yangraydi. Xalqaro festival barcha tomoshabinlarni chorlaydi. Ekranlarda ko`ringan sevimli san`atkorlarimiz, aktyoru rejissyorlar endi ro`paramizda, yonginamizda. Kimdir ular bilan birga suratga tushadi. Birov dastxat olish ilinjida. Hamkasblar yaqin rejalari bilan o`rtoqlashmoqda. Qo`shiqlar raqslarga, dil so`zlariga ulanadi.

Tadbir nihoyasida o`zbek kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan "SCORRION" badiiy filmi namoyish etiladi.

11.JPG

19.JPG

    Boshqa yangiliklar