AsosiyJamiyat

Xayriya to`plash o`n kunligi e`lon qilindi

'Xayriya to`plash o`n kunligi e`lon qilindi'ning rasmi

2018 yilning 26 noyabridan - 6 dekabrigacha O`zbekiston Qizil Yarim Oy jamiyati Toshkent shahar tashkiloti jamg`armasiga xayriya to`plash o`n kunligi e`lon qilindi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Unga ko`ra, xayriya hisobidan aholining kam ta`minlangan va ijtimoiy yordamga muhtoj yakka-yolg`iz keksa qariyalar, nogironlar, surunkali kasallar, ko`p farzandli kam ta`minlangan oilalarga, shuningdek, turli tabiiy va texnogen ofatlarda jabrlanganlarga insonparvarlik yordamini ko`rsatish ko`zda tutilgan.

Xayriya to`plash o`n kunligi davomida jamiyatning boshlang`ich tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish, xodimlarni jamoaviy a`zolikka jalb etish va a`zolik markalarini tarqatish ishlari ham olib boriladi.

    Boshqa yangiliklar