AsosiyJamiyat

Mudofaa vazirligi Qarshi-Shahrisabz yo`lidagi avtohalokat yuzasidan hamdarlik bildirdi

'Mudofaa vazirligi Qarshi-Shahrisabz yo`lidagi avtohalokat yuzasidan hamdarlik bildirdi'ning rasmi

Kecha, 26 noyabr kuni Shahrisabz – Qarshi avtomobil yo`lida og`ir harbiy texnikalardan iborat kolonna va «Lasetti» rusumli avtomobili ishtirokida ro`y bergan yo`l-transport hodisasi oqibatida uch kishi halok bo`lgani haqida xabar berilgandi.

O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi mazkur yo`l-transport hodisasi oqibatida halok bo`lganlar va jabrlanganlar oilasiga chuqur hamdardlik bildirdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Hodisa yuzasidan huquq-tartibot idoralari tomonidan tegishli tergov ishlari olib borilmoqda.

"Ko`ngilsiz holatlarning oldini olish maqsadida mamlakatimiz fuqarolaridan og`ir harbiy texnikalar harakatlanayotgan vaqtda kolonnaga xalaqit bermaslikni, bunday paytlarda yo`l harakati qoidalariga qat`iy rioya qilishni hamda Yo`l-patrul xizmati va Harbiy avtomobil nazorati inspeksiyasi xodimlarining talablarini so`zsiz bajarishlarini iltimos qilamiz", - deyiladi vazirlik xabarida.

    Boshqa yangiliklar