AsosiyDunyo

Mars InSight Marsga qo`ndi

'Mars InSight Marsga qo`ndi 'ning rasmi

NASAning yangi missiyasi hisoblangan InSight qurilmasi Mars ekvatori yaqinidagi Eliziy hududiga muvaffaqiyatli qo`ndi, deb xabar berdi Interfaks nashri.

Qurilma Qizil sayyoraning ichki qatlamini o`rganishga mo`ljallangan. Uning bortida seysmograf, geofizik termometr bor. Termometr Marsda burg`ilanadigan 5 metrlik quduqda sayyora qa`ridagi harorat o`zgarishlarini o`lchash uchun o`rnatiladi. NASA vakillarining ma`lum qilishicha, qurilma qizil sayyoraga qo`ngandan bir necha daqiqa o`tib, Erga ilk suratni jo`natgan. NASA o`z saytida qurilmaning qo`ndirilishini jonli tarzda namoyish qilib bordi. InSight NASA tomonidan oxirgi 20 yil ichida Marsga muvaffaqiyatli qo`ndirilgan 4-modul hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar