2018 yilning 27 noyabr kuni Afg`oniston bo`yicha xalqaro konferensiyada ishtirok maqsadida Shveysariyada bo`lib turgan O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Jeneva shahrida AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo`yicha yordamchisi birinchi o`rinbosari Elis Uells bilan uchrashdi. Bu haqda TIV Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat chog`ida O`zbekiston Prezidentining 2018-yil maydagi AQShga rasmiy tashrifi va oliy darajadagi muzokaralar davomida erishilgan kelishuvlarni tadbiq etish doirasida O`zbekiston-AQSh hamkorligini rivojlantirishning amaliy jihatlari hamda xalqaro va mintaqaviy siyosatga oid ayrim masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuvda o`z ishini boshlayotgan Afg`oniston bo`yicha xalqaro konferensiya kun tartibi va ushbu davlatdagi tinchlik jarayonini boshlash yuzasidan fikr almashildi.






