AsosiyJamiyat

Toshkentda ham Eyfel minorasi barpo etiladi

'Toshkentda ham Eyfel minorasi barpo etiladi'ning rasmi

Toshkentdagi «Damariq» kanalining Olmazor tumani, «Taraqqiyot» ko`chasidan oqib o`tuvchi qismida «Soy bo`yi sayilgohi» dam olish maskanini barpo etish loyihasi asosida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Bu haqda «Xalq so`zi» xabar bermoqda.

Dam olish maskani barpo etilishiga tamal toshi qo`yilishi arafasida «Damariq» kanali atrofida noqonuniy qurilmalar aniqlanib, 18 ta turar va 9 ta noturar joy ob`ekti buzildi, daraxtlarga shakl berildi, kanal atrofi obodonlashtirildi.

«Soy bo`yi sayilgohi» dam olish maskanida jahonning turfa shaharlari ramzlariga aylangan Parij shahridagi Eyfel, Londondagi Big Ben, Buxoroi sharifdagi Minorai Kalon singari dunyoga dong`i ketgan obidalar qiyofasini aks ettiruvchi binolar ham bunyod etiladi.

    Boshqa yangiliklar