O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 30 dekabrdagi “Soliq solish maqsadida jismoniy shaxslarga tegishli bo`lgan ko`chmas mulk ob`ektlarining, turar joy fondining kadastr qiymatini hisoblash tartibi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq, Davergeodezkadastr qo`mitasi o`zining rasmiy veb-saytida “Ko`chmas mulk ob`ektining kadastr qiymatini hisoblash” interaktiv xizmatini ishga tushirdi.
Bundan ko`zlangan asosiy maqsad, ko`chmas mulk qiymatini (uy-joylarning bahosi) hisoblashning soddalashtirilgan usulini yaratish va bu orqali fuqarolarga qulaylik yaratish, shaffoflikni ta`minlashdir.
Interaktiv xizmatdan foydalanishda fuqaro viloyat va aholi punktini belgilashi, ko`chmas mulk ob`ektining turi (ko`p qavatli uy-joy yoki dala hovli), qavatlar sonini tanlashi, uy qurilgan material va sanasini belgilashi, shuningdek, yakunda uyning umumiy maydonini kiritishi talab etiladi. Ma`lumotlar kiritib bo`lingach “Hisoblash” tugmasi bosilgandan keyin ko`chmas mulk qiymati (uy-joylarning bahosi) kelib chiqadi.
Mazkur xizmatdan http://ygk.uz/uz/page/tax-calc manzili orqali foydalanish mumkin.






