Fuqaro aviasiyasi, jumladan, erusti infratuzilmasi ekspluatasiyasining haddan ziyod monopollashuvi bu sohada xizmat ko`rsatishning jahon darajasidan sezilarli ortda qolishiga, shuningdek, mamlakatdagi ayrim aeroportlarning rentabelligini yo`qotishiga olib keldi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti imzolagan tegishli farmonida qayd etilgan.
O`zbekistondagi aeroportlar salohiyatidan samarali foydalanish maqsadida "Uzbekistan Airports" AJ faoliyati ham yo`lga qo`yilmoqda. Jamiyat havo kemalariga xizmat ko`rsatish bilan birga, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, aeroport infratuzilmasini yaxshilash bilan mashg`ul bo`ladi.
Shuningdek, aeroportlar hududida zamonaviy savdo shoxobchalar faoliyatini shakllantirish va bank xizmatlarini tashkil etish bo`yicha tegishli ishlar olib boriladi.
Hujjatga ko`ra, milliy aviakompaniya qoshida Uzbekistan Airways va Uzbekistan Airports (aeroportni nazorat qilish bo`yicha) aksiyadorlik jamiyatlari tuzilishi belgilab qo`yilgan va ularning asosiy vazifalari belgilab berilgan.