AQSh boshchiligidagi xalqaro koalisiya davlatlari harbiy havo kuchlari tomonidan Suriyada «Islom davlati» terrorchilik tashkiloti pozisiyalariga berilgan aviazarbalar natijasida jami 553 kishi halok bo`lgan, deb xabar bermoqda «RIA Novosti».
Syrian Observatory for Human Rights ma`lumotlariga ko`ra, halok bo`lganlarning 32 nafari tinch aholi vakillari bo`lgan. Shuningdek, olti nafar bola va besh nafar ayol aviazarbalar qurboni bo`lgani ma`lum qilingan.
Aviazarbalar asosan Aleppo, Rakka, Idlib, Dor uz-Zor va Al-Xasaka provinsiyalari hududlarida amalga oshirilgan. Xalqaro koalisiyaga qo`shilish istagini 40 dan ortiq davlat bildirgani ma`lum qilingan.
daryo.uz





