AsosiyJamiyat

Avtomobil yo`llari xorij tajribasi asosida quriladi

'Avtomobil yo`llari xorij tajribasi asosida quriladi'ning rasmi

Avtomobil yo`llarini qurish va ulardan foydalanish sohasida ishlarni tashkil etishning ilg`or xorijiy uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to`g`risidagi Prezident qarori qabul qilindi, deb xabar berdi Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali.

Qaror bilan avtomobil yo`llarini qurish va ulardan foydalanish sohasidagi ustuvor vazifalar belgilandi.

Shuningdek, endilikda yo`l qurilishini rivojlantirish Strategiyasini ishlab chiqishda ishtirok etish uchun etakchi xorijiy konsalting kompaniyalari jalb etiladi. Xususan, Investisiyalar bo`yicha davlat qo`mita 2018 yil 30 dekabrgachaGermaniya tajribasini o`rgangan holda xorijiy konsultant ishtirokini ta`minlaydi.

Ushbu Rivojlantirish strategiyasi avtomobil yo`llari sohasiga zamonaviy standartlar va texnologiyalarni joriy etish, 2020-2040 yillarda yo`llarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturlarini ishlab chiqishga yo`naltiriladi.

Hukumat avtomobil yo`llari sohasida zamonaviy qurilish materiallarini ishlab chiqarish bo`yicha qo`shma korxonalarni tashkil etish, avtomobil yo`llari va sun`iy inshootlarini loyihalashda nemis kompaniyalari – “OBERMEYER Panen+Beraten GmbH”, “Lahmeyer Internetional GmbH”, “Lomb Ingenieurgesellschaft mbH”, “INROS LACKNER SE” va boshqalar bilan hamkorlik o`rnatish uchun ishchi guruh tashkil etadi.

Qaror bilan Avtomobil yo`llari davlat qo`mitasiga 2019 yil 10 fevralgachaavtomobil yo`llarini qurish va ta`mirlash sohasi mutaxassislarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash mazkazini tashkil etish bo`yicha taklif ishlab chiqish vazifasi yuklandi.

Moliya vazirligi avtomobil yo`llari sohasida davlat-xususiy sheriklik tamoyillarini joriy etish chora-tabirlarini ko`radi.

2019 yildan boshlab yo`l xo`jaligida loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish, shuningdek, ularni qabul qilib olishda hajm va sifat ko`rsatkichlarini hisobga olishni ko`zda tutadigan tartib bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Shuningdek qaror bilan 2018-2019 yillarda yo`l qurilishi sohasida ilg`or xorijiy uslublarni joriy etish bo`yicha “Yo`l xaritasi” tasdiqlandi.

“Yo`l xaritasi” doirasida 2019 yilda O`zbekistonning Xalqaro muhandislar-konsultantlar federasiyasiga (FIDIC) kirishi bo`yicha takliflar ishlab chiqilishi belgilangan.

    Boshqa yangiliklar