AsosiyJamiyat

Komil Allamjonov yangi lavozimdagi vazifalari haqida so`zladi

O`zbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlagan Komil Ismoilovich Allamjonov yangi jamoa bilan ilk uchrashuvi haqida Facebook‘dagi sahifasida yozdi.

Jamoaga yangi rahbarni Bosh vazir o`rinbosari, Moliya vaziri Jamshid Anvarovich Qo`chqorov tanishtirdi.

"Hayajonli va mas`uliyatli lahzalar. Ommaviy axborot vositalarining ahamiyati, ularning fuqarolik jamiyatini rivojlantirishdagi roli va hissasi beqiyos. Mamlakatimiz rahbari yurtimizda so`z erkinligiga katta e`tibor qaratmoqda va bu borada o`z hissamni qo`shish men uchun sharaf va mas`uliyatli vazifadir.

Oʻzbekiston matbuot va axborot agentiligi rahbarligini menga ishonib topshirishar ekan, men ushbu muassasa jurnalistlar faoliyatining erkinligini kafolatlovchi hamda soʻz va matbuot erkinligini rivojlantirishga koʻmaklashuvchi tashkilot sifatida shakllanishiga bor kuchimni safarbar etishga harakat qilaman, , - dedi Komil Allamjonov.

Shuningdek, OʻzMAA rahbari, Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning OAV haqidagi fikrlaridan iqtibos keltirdi va Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi ularni hayotga keng tatbiq etishi kerakligini alohida taʼkidladi: “... oldimizda ommaviy axborot vositalari xodimlarining mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash, ularning murakkab va masʼuliyatli faoliyatlarini munosib baholash, sohani yanada rivojlantirishga eʼtibor qaratish kabi muhim vazifalar belgilangan”.

“Biz nashriyot, telekoʻrsatuv va radioeshittirishlarda oshkoralik, obyektiv tahlil va tanqidiy muhitni, shuningdek, jurnalistlarimizning xorij manbalaridan keng foydalanish imkoniyatlarini oshirishni qoʻllab-quvvatlaymiz.

“OAV faqatgina tilda emas, haqiqatda ham toʻrtinchi hokimiyatga aylanishi lozim”.

    Boshqa yangiliklar