Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 30 noyabr kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, kechga borib yog`ingarchilik (yomg`ir qorga aylanishi) kuzatiladi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esayotgan shamol g`arb tomonga o`z yo`nalishini o`zgartirib, sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-5, kunduzi 13-15 daraja iliq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol g`arb tomonga o`z yo`nalishini o`zgartirib, ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi va kunduzi 2-7 daraja iliq bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol g`arb tomonga o`z yo`nalishini o`zgartirib, ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda yog`ingarchilik bo`lishi (yomg`ir qorga aylanishi) mumkin. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol g`arb tomonga o`z yo`nalishini o`zgartirib, ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol g`arb tomonga o`z yo`nalishini o`zgartirib, ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 13-18 daraja iliq bo`ladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 8-13 daraja iliq bo`ladi.
Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yog`ingarchilik bo`ladi. Tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol g`arb tomonga o`z yo`nalishini o`zgartirib, ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo`ladi.
29.11.2018 17:04
Kuzning so`nggi kunida qanday ob-havo kuzatiladi?






