AsosiyDunyo

Hindistonda fillar kasalxonasi ochildi

'Hindistonda fillar kasalxonasi ochildi 'ning rasmi

Hindistonning Mathura shahrida fillar uchun maxsus kasalxona ochildi, deb xabar qildi Vesti nashri.

Bu erda faqatgina fillar davolanadi. Mamlakatda minglab fillar turli kasalliklardan azob chekmoqda. Sababi, ular sayyohlarni uzoq joylarga olib yurishadi yoki turli diniy marosimlarda ishtirok etishadi. Jonivorlarning egasi esa odatda ularning salomatligiga e`tibor qaratishmaydi va arzimagan kasallik ham jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin. Kasalxonada ularni tekshirish, davolash va jarrohlik operasiyasi o`tkazish uchun barcha uskunalar bor.

    Boshqa yangiliklar