AsosiyJamiyat

Sayyor sudda 10 nafar oila yarashtirildi

'Sayyor sudda 10 nafar oila yarashtirildi'ning rasmi

Sirdaryo viloyati Guliston shahrida ajralish yoqasiga kelib qolgan 50 nafardan ziyod oila ishtirokida sayyor sud o`tkazildi. Bu haqda Din ishlari qo`mitasi matbuot xizmati ma`lum qildi.

Ushbu tadbirda O`zbekiston Respublikasi Oliy Sudi, viloyat, tuman, shahar sudlari raislari, huquq-tartibot idoralari, xotin-qizlar qo`mitasi, O`zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi mas`ullari ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida yig`ilganlarga oilaning muqaddas dargoh ekani, arzimagan sabablar bilan oila deb atalmish mustahkam qo`rg`onni qulatish har jihatdan noto`g`ri ekani hayotiy misollar bilan atroflicha tushuntirildi.

O`tkazilgan sayyor sud va olib borilgan profilaktik suhbat natijasida 10 nafar oilani yarashtirishga erishildi.

    Boshqa yangiliklar