Oq uy matbuot kotibi Sara Sandersning brifingda ta`kidlashicha, AQSh Prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan birinchi dekabrga belgilangan Katta yigirmalik sammiti doirasidagi uchrashuvini bekor qildi.
Kotibning so`zlariga ko`ra, Tramp Argentinaga parvozi chog`ida davlat kotibi Maykl Pompeo, milliy xavfsizlik bo`yicha maslahatchi Jon Bolton va Oq uy ma`muriyati rahbari Jon Kelli bilan maslahatlashganidan keyin shunday qarorga kelgan.
Avvalroq Tramp o`zining "Twitter"dagi sahifasida Kerch bo`g`ozidagi voqealar sabab Putin bilan uchrashuvini bekor qilishini ham yozgan.






