O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 23 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Turkmanistonga jo`nab ketdi.
Oliy darajadagi uchrashuvlar chog`ida o`zaro hamkorlikni rivojlantirishga doir masalalar, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga ega dolzarb muammolar muhokama etiladi.
Tashrif yakunlari bo`yicha davlat rahbarlarining Qo`shma bayonoti qabul qilinishi va turli sohalar bo`yicha o`zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga oid qator hujjatlar imzolanishi ko`zda tutilgan.
23.10.2014 17:25





