AsosiyJamiyat

FVV "Qamchiq" dovoni bo`yicha ogohlantirish berdi

'FVV "Qamchiq" dovoni bo`yicha ogohlantirish berdi'ning rasmi

Joriy yilning 30 noyabr kuni kechasi va 1 dekabr kuni tongda "Qamchiq" dovonining A-373 "Toshkent-O`sh" avtomobil yo`lida kuchli qor yog`ishi kuzatiladi.

FVV matbuot xizmati xabariga ko`ra, tuman tushadi, yo`lning ko`rinish chegarasi 50-100 m.ni tashkil qiladi. Shamol tezligi 18-23 m/s.gacha kuchayadi, yo`lda qor uyumlari to`planib, yaxlaydi.

"Ob-havoning keskin pasayishi va yo`lda harakatlanishda noqulayliklar tug`ilishini inobatga olib, yo`lda ehtiyot choralarini ko`rishingizni so`raymiz", - deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar