"O`zatom" agentligi Bosh direktori Jo`rabek Mirzamahmudov boshchiligidagi delegasiyasi atom energetikasi sohasidagi tajribasi bilan tanishish maqsadida Belarus Respublikasida tashrif uyushtirdi, deb xabar qildi "O`zatom" agentligi matbuot xizmati.
Tashrif davomida 29 noyabr kuni Belarus Energetika vazirligida delegasiya a`zolarining vazir o`rinbosari Mixail Mixadyuk bilan uchrashuvi bo`lib o`tdi. Unda Belarus Respublikasining atom elektrostansiyasini qurish sohasidagi tajriabasiga oid qator masalalar muhokama qilindi.
Belorus tomoni «O`zatom» agentligi va «Enter Engineering Pte Ltd.» pudratchi tashkilot vakillarini stansiyani qurish, milliy yadroviy energetik dasturni ilmiy asoslash, qurilishda tizim tarkibiga kiruvchi vazirliklar ishtiroki va boshqa masalalar bo`yicha to`plangan tajriba bilan tanishtirdi.
Uchrashuv doirasida Belarus Energetika vazirligi bilan O`zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi o`rtasida O`zaro anglashuv memorandumining imzolangan nuxsalari almashildi.
Safar davomida O`zbekiston delegasiyasining "Belnipienergoprom" RUP rahbariyati bilan muzokaralari bo`lib o`tdi.
Unda Belarus AES qurilishiga investisiya kiritish bo`yicha asoslashni tayyorlash, atom elektrostansiyasini qurishga mo`ljallangan raqobat maydonchalarni baholash va ustuvor maydonchani, shuningdek AES ning atrof-muhitga ta`sirini baholash bo`yicha materiallarni tanlash bo`yicha tajriba o`rganib chiqildi.
Shunindek tashrif dasturidan atom elektrostansiyasi maydonchasini borib ko`rish va «Belorusskaya AES» davlat korxonasi rahbariyati bilan tanishuv ham o`rin olgan.






