AsosiyJamiyat

Professional mediatorlar reestri shakllantiriladi

'Professional mediatorlar reestri shakllantiriladi'ning rasmi

Professional mediatorlar reestrini shakllantirish va yuritish tartibi to`g`risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro`yxatidan o`tkazildi.

Nizomga muvofiq, Adliya vazirligining Huquqiy xizmat ko`rsatishni davlat tomonidan tartibga solish boshqarmasi hududiy adliya organlari Reestr yuritilishini muvofiqlashtirib boradi.

Professional mediatorlar to`g`risidagi ma`lumotlarning Reestrga kiritilishi professional mediator maqomining rasmiy tasdig`i hisoblanadi hamda u to`g`risidagi ma`lumotlarni Reestrga kiritish va bu haqda tegishli bildirishnoma berish orqali amalga oshiriladi.

Professional mediatorlar to`g`risidagi ma`lumotlarni Reestrga kiritish uchun to`lov undirilmaydi.

Mazkur hujjatga ko`ra shaxs maxsus o`quv kursidan o`tgandan so`ng tegishli tartibda doimiy yashash joyidagi hududiy adliya organiga ariza bilan murojaat qiladi. Arizaga pasport nusxasi, so`rovnoma hamda maxsus o`quv kursini tugatganligi to`g`risidagi hujjat nusxasi ilova qilinadi.

Hududiy adliya organi hujjatlarni 15 ish kuni ichida o`rganib chiqib, kamchiliklar aniqlanmagan hamda ariza beruvchi ko`rsatib o`tilgan talablarga muvofiq bo`lgan taqdirda, Reestrga kiritiladi. Shunga ko`ra, Reestrga kiritish hududiy adliya organi rahbarining buyrug`i bilan rasmiylashtiriladi.

Shuningdek, Reestrdagi ma`lumotlar o`zgargan hollarda professional mediator uch ish kunida tegishli hududiy adliya organiga xabarnoma yuborishi kerak.

Reestr har chorakda kamida bir marta yangilab boriladi.

    Boshqa yangiliklar