AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`istonda davlat xizmatlari sayyor tarzda avtobusda ko`rsatilmoqda

'Qoraqalpog`istonda davlat xizmatlari sayyor tarzda avtobusda ko`rsatilmoqda'ning rasmi

Davlat xizmatlari agentligi Qoraqalpog`iston Respublikasi boshqarmasi va tuman (shahar) davlat xizmatlar markazi tomonidan shahar va tuman markazlaridan olis hududlarda joylashgan aholiga sayyor tartibda davlat xizmatlarini ko`rsatish uchun markazlarga “Damas” avtomashinalar orqali ko`rsatilmoqda edi.


Endilikda, aholiga davlat xizmatlarini ko`rsatish sohasida yanada qulayliklar yaratish maqsadida Davlat xizmatlari agentligi tomonidan Qoraqalpog`iston Respublikasi boshqarmasiga kompyuter, printer, skaner va internetga ulanish moslamalariga ega avtobus ajratib berilib, mobil davlat xizmatlar ko`rsatish yo`lga qo`yildi.

Bu haqida Davlat xizmatlari agentligi Qoraqalpog`iston Respublikasi boshqarmasi ma`lum qilmoqda.

Avtobusda notarius, FHDYo xodimlarining fuqarolarga xizmat ko`rsatishi uchun va ko`rsatilgan xizmatlar uchun to`lovlarni qabul qilish kassasining mavjudligi aholiga tez va qulay davlat xizmatini ko`rsatishga imkon yaratmoqda.

Jumladan, Davlat xizmatlari agentligi Qoraqalpog`iston Respublikasi boshqarmasi va Nukus shahar davlat xizmatlar markazi tomonidan Nukus shahrida markaziy Dehqon bozor hududida aholiga 30 dan ortiq davlat xizmatlari ko`rsatildi.

Ayni kunlarga kelib, Davlat xizmatlari agentligi Qoraqalpog`iston Respublikasi boshqarmasi ushbu avtobusni Qoraqalpog`istonning eng olis hududlariga sayyor tartibda mobil davlat xizmatlarini ko`rsatish uchun safarbar qilmoqda.

    Boshqa yangiliklar