AsosiyDunyo

Avstriyada Ogyust Renuar ijodiga oid suratni o`g`irlashda 3 kishi gumon qilinmoqda

'Avstriyada Ogyust Renuar ijodiga oid suratni o`g`irlashda 3 kishi gumon qilinmoqda 'ning rasmi

Avstriya polisiyasi fransiyalik rassom Ogyust Renuar ijodiga oid suratni o`g`irlashda gumon qilib, 3 nafar shaxsni qidirmoqda, deb xabar bermoqda Ren.tv nashri.

Gap shundaki, Doroteum kimoshdi savdo uyida qiymati 160 ming evroga teng surat g`oyib bo`lgan. Binodagi kuzatuv kameralari esa 3 erkakni tasvirga olgan. Ularning hatti-harakatlari polisiyaga shubhali tuyulmoqda. Hozirda ularning shaxsini aniqlash jarayoni boshlangan.

    Boshqa yangiliklar