AsosiyJamiyat

O`zbekistonda tovarlarni markirovkalashning zamonaviy usullari joriy etiladi

'O`zbekistonda tovarlarni markirovkalashning zamonaviy usullari joriy etiladi'ning rasmi

Alohida turdagi tovarlarni markirovkalashning zamonaviy usullarini joriy etishga doir chora-tadbirlar to`g`risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, 2019 yilning 1 avgustidan boshlab, tovarlar toifasidan kelib chiqib, import qilinadigan va respublikada ishlab chiqariladigan tovarlarni himoyalangan belgi va (yoki) nano-molekulyar texnologiyadan foydalangan holda majburiy markirovkalash bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Majburiy markirovkalash joriy etilgan sanadan boshlab, ushbu qaror bilan tasdiqlangan ro`yxatdagi markirovkalanishi majburiy bo`lgan tovarlarni O`zbekiston Respublikasi hududida markirovkasiz sotish taqiqlanadi.

Markirovkalanishi majburiy bo`lgan tovarlar guruhlari ro`yxatiga yangidan qo`shilgan tovarlarni, ular ro`yxatga kiritilgan kundan boshlab 180 kun mobaynida markirovkasiz sotilishiga ruxsat etiladi.

    Boshqa yangiliklar