AsosiyJamiyat

Bekobodda soxta prokuror qo`lga olindi

'Bekobodda soxta prokuror qo`lga olindi'ning rasmi

Toshkent viloyat Bekobod tuman IIB YXXB xodimi S.I. viloyat prokurorining nomiga ariza bilan murojaat qildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

U o`z murojaatida prokuratura xizmat kiyimida o`zini viloyat prokuraturasi 18-bo`limining «Abduvohid» ismli tergovchisi deb tanishtirgan shaxs unga nisbatan viloyat prokuraturasining 8-bo`limi tomonidan ariza yuzasidan tadbir tashkillashtirilayotganligini bildirib, unga yordam ko`rsatishi mumkinligini aytib, 500 AQSh dollari talab qilayotganligini bildirgan.

Mazkur ariza yuzasidan 2018 yil 28 noyabr kuni Toshkent viloyat prokuraturasi 8-bo`limi va Bekobod shahar prokuraturasi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent viloyat MIBning sobiq davlat ijrochisi A.S. prokuratura organlari dala xizmat kiyimida S.I.dan firibgarlik yo`li bilan 500 AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar