AsosiyJamiyat

GM Uzbekistan yil boshidan 5 mingga yaqin avtomobil eksport qildi

'GM Uzbekistan yil boshidan 5 mingga yaqin avtomobil eksport qildi'ning rasmi

27 - 30 noyabr kunlari Toshkentda “Made in Uzbekistan” birinchi eksport ko`rgazma yarmarkasi bo`lib o`tdi.
Mazkur ko`rgazma avvalgilaridan farq qilib, mutlaqo yangi formatda tashkil qilingan. Unda mamlakatimizning eksportga mo`ljallangan mahsulotlari namoyish etildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qildi.

Ko`rgazmada 150 dan ortiq mahalliy korxonalar bilan bir qatorda o`zining eksportga mo`ljallangan mahsulotlarini "GM Uzbekistan" kompaniyasi ham taqdim etdi.

Bugungi kunda kompaniya olti modeldagi avtomobillarini xorijga eksport qiladi: "Damas", "Labo", "Ravon" brendi ostida "R2", "Nexia R3", "R4" va "Gentra". Yil boshidan buyon kompaniya tomonidan 5 mingga yaqin avtomobillar MDH va Yaqin Sharq mamlakatlariga eksport qilindi.

Aytish joizki, bugungi kunda "GM Uzbekistan" kompaniyasi eksport uchun yangi bozorlarni o`zlashtirish hamda yangi narxlarda eksport qilish ustida ish olib bormoqda.

Ko`rgazma doirasida tashrif buyuruvchilarga yangi “Uzavtosavdo“ platformasi orqali avtomobil xarid qilish tartiblari tushuntirildi.

    Boshqa yangiliklar