22 oktyabr kuni bo`lib o`tgan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida kunning ikkinchi yarmida deputatlar 2015 yilda ish o`rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta`minlash dasturi loyihasini muhokama qildi. Bu haqda O`zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.
2015 yilda ish o`rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta`minlash dasturi doirasida kelgusi yilda hududlar va yo`nalishlar bo`yicha 261,6 mingta ish o`rni tashkil etish va 725,9 ming kishining bandligini ta`minlash chora-tadbirlari ko`riladi.
Umuman olganda, dasturning bajarilishi 987,5 ming nafar kishining ishga joylashtirilishiga ko`maklashadi. Bunda ta`lim muassasalarining bitiruvchilarini, ayollar, nogironlar va aholining ijtimoiy ko`makka muhtoj boshqa toifalarini ishga joylashtirishga alohida e`tibor qaratiladi.
daryo.uz





