Ma`lumki, joriy yilning 18 yanvarida taxminan soat 10.30 da "Samara-Shmkent" avtoyo`lining 1068-kilometrida “Kassbohrer” rusumli avtobus yonib ketib, unda bo`lgan 57 nafar O`zbekiston Respublikasi fuqarolaridan 52 kishini halok qilgan.
Ushbu avtobus Qozog`iston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlariga etib kelmasdan tergovdan yashiringan 46 yoshli Qozog`iston Respublikasi fuqarosi O.M.ga tegishli bo`lgan. Qozog`iston Respublikasida u Qozog`iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 348 moddasi 4 qismi bo`yicha ayblanadi.
Toshkent shahar IIBB xabar qilishicha, 2018 yilning 20 noyabr kuni Toshkent shahar Sergeli tumanida olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari davomida davlatlararo qidiruvda bo`lgan O.M. qo`lga olindi.
22 noyabr kuni O.M. uning ekstradisiyasi to`g`risidagi qaror qabul qilinishigacha O`zbekiston Respublikasi IIV JQBBga joylashtirildi.
Qo`lga olingan shaxsni Qozog`iston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlariga topshirish tartibi O`zbekiston va Qozog`iston o`rtasidagi xalqaro huquqiy kelishuvlarga muvofiq amalga oshiriladi.






