Xitoyda to`y marosimi YTH bilan tugadi, deya ma`lum qilmoqda South China Morning Post nashri.
24 yoshli Ay Guantaoning do`stlari uni kelinning uyida qiynashadi, ya`ni unga tuxum otishadi, ustidan pivo va siyoh quyishadi, bambuk bilan urishadi. Bu bilan bayram kayfiyati yanada qiziqroq bo`ladi, degan qarorga kelishgandi kuyovjo`ralar.
Kuyov bo`lmish Ay ulardan qochib, shossega chiqadi va uni avtomobil urib yuboradi. Kuyov qattiq jarohat olib, kasalxonaga yotqizildi.






