AsosiyDunyo

G20 sammiti yakunida deklarasiya qabul qilindi

'G20 sammiti yakunida deklarasiya qabul qilindi'ning rasmi

Argentinaning poytaxtida o`tkazilgan "Katta yigirmatalik" sammiti yakunida deklarasiya qabul qilindi, deb xabar beradi RIA Novosti. Hujjat yig`inning rasmiy saytida e`lon qilingan.

Deklarasiya 31 bo`limdan iborat, shuningdek, unga vazirliklar va ishchi guruhlar darajasida qabul qilingan hujjatlar ro`yxati ilova qilingan.

Uchrashuv haqida eng ko`p bildirilgan fikrlardan biri aynan yakuniy hujjatga taalluqli edi. Chunki, etakchilarning umumiy fikrga kelishiga ko`pchilik shubha bilan qarayotgandi. Ikki hafta oldin, Papua-Yangi Gvineyadagi Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy sammiti tarixda ilk marotaba deklarasiyasiz yakun topdi. Xitoy va AQSh o`rtasidagi kelishmovchiliklar tufayli an`anaviy hujjat qabul qilinmagandi.

G20 deklarasiyasining asosiy bo`limlaridan biri Jahon Savdo Tashkilotining islohoti masalasiga qaratildi. Shuningdek, etakchilar iqtisodiy o`sishni ta`minlash uchun barcha siyosiy vositalardan foydalanishga kelishib olishdi.

Majburiy migrasiya, ishsizlik va iqlim muammolarini bartaraf etishga ham hujjatda alohida bo`limlar ajratilgan.

"Katta yigirmatalik"ning keyingi sammiti 2019 yilning iyun oyida Yaponiyada o`tkaziladi.

    Boshqa yangiliklar