Kuni kecha professional bokschilarning yangi reytingi e`lon qilindi. Unga ko`ra, ikkinchi engil vazn toifasi (55,3 kg) da o`z janglarini o`tkazayotgan Murodjon Ahmadaliev noyabr oyida o`tkazgan jangidan so`ng reytingning birinchi pog`onasiga joylashgan.
Eslatib o`tamiz, u 24 noyabr kuni amerikalik Isaak Zaratega qarshi jang o`tkazib, nokaut evaziga g`alaba qozongan. U o`sha jangida o`zining WBA Intercontinental kamarini himoya qilgandi.
Ma`lumot uchun, ayni paytda WBA yo`nalishi bo`yicha jahon chempioni amerikalik Daniel Roman hisoblanadi. Ahmadaliev birinchi o`ringa chiqib olish orqali, oltin kamar uchun asosiy davogarlardan biriga aylanib oldi.