AsosiyDunyo

Zamonamizning donishmand rejissyori (Foto)

'Zamonamizning donishmand rejissyori (Foto)'ning rasmi

Kristofer Nolan – zamonamizning eng iqtidorli kinorejissyorlaridan biri, deya yozmoqda Vogue.ua nashri.

U juda mohir hikoyanavisdir. Uning filmlarida kutilmagan tugun va echimlar ko`plab topiladi. Ana shuning uchun ham Nolan 21-asrning eng zakovatli, donishmand rejissyorlaridan biri deb topilgan. Uning filmografiyasida shunday kartinalar borki, ushbu filmlar tomoshasidan so`ng hayotingizda, ongingizda evrilish hosil bo`lishi turgan gap.

“Yodda saqla”, 2000


Ushbu film Bollivud kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan Amir Xon ishtirokidagi “Qasos” (Gadjina) filmining original talqini hisoblanadi. Aynan mana shu film rejissyorning Golivuddagi kirish chiptasi bo`lib qoldi.

“Zulmat risari”, 2008


Mazkur filmda Joker rolini ijro etgan Xit Lejer o`z obrazidan chiqib ketolmay, oqibatda vafot etgan edi. Shundan so`ng unga o`lmidan so`ng “Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor” nominasiyasida “Oskar” berilgandi. Film Betmen haqidagi eng yaxshi kartina hisoblanadi.

“Ibtido”, 2010


Tush ichidagi tush ichida... Film Nolan orzu qilib kelgan va nihoyat, ko`ngildagidan-da a`lo darajada suratga olingan kinodurdona.

Interstellar, 2014


Nolanning eng ulug`vor, eng qayg`uli va bir vaqtning o`zida eng oddiy filmi. Butun boshli kartina buyuk hikmatga ega eksperimentni eslatadi. Kristofer kartina orqali suyukli insonlarimizdan uzoqlashtirguvchi zamon va makon tafovuti haqida fikr yuritadi, ammo shuning barobarida, rejissyor aynan mana shu mehr-muhabbat oniy fursat ichida hayotimizning eng yorqin damlari va yillarini vayron qilishi mumkinligini ham eslatishni unutmaydi.

Dyunkerk, 2017


Hali hech bir rejissyor haqiqatga eng yaqin bo`lgan bunday filmni suratga olgan, desak, mubolag`a bo`lmas. Butun film davomida tomoshabin hadik ichra kutish bilan o`tiradi. Filmga musiqa bastalagan Hans Zimmer atayin saundtreklar orasiga soat “chiqillashi”ni qo`shgani bejiz emas.

    Boshqa yangiliklar