Anchagina qiziqarli va tomoshabop tarzda o`tgan 2018 yilgi futbol mavsumi mamlakatimizda rasman o`z nihoyasiga etdi.
14 dekabr kuni O`zbekiston Professional Futbol Ligasi ortda qolgan mavsum davomida o`zini har tomonlama ko`rsatib, muxlis-u mutaxassislar olqishiga sazovor bo`lgan eng yaxshilarni taqdirlash marosimini o`tkazadi.
Unda quyidagi nominasiyalarda eng yaxshilar taqdirlanadi:
- O`zbekiston chempionatining eng yaxshi futbolchisi;
- O`zbekiston chempionatining eng yaxshi murabbiyi;
- O`zbekiston chempionatining eng yaxshi darvozaboni;
- O`zbekiston chempionatining eng chiroyli goli;
- PEPSI Superliga-2018 to`purari;
- O`zbekiston chempionatining eng yaxshi yosh futbolchisi;
- O`zbekiston chempionatining eng yaxshi ayol futbolchisi;
- O`zbekiston chempionatining eng yaxshi futzalchisi;
- Fair Play sovrini;
- O`zbekiston Professional Futbol Ligasi maxsus sovrini.
Shuningdek, yil yakunlariga bag`ishlangan tantanali marosimda mavsum davomida o`z sohasi bo`yicha qolgan klublarga o`rnak bo`la oladigan tarzda faoliyat olib borgan Eng yaxshi matbuot xizmati, Eng yaxshi marketing xizmati va qolaversa, muxlislar bilan ishlashda yaxshi natijalarga erishgan fan-klublar ham alohida taqdirlanadi.






