7-9 dekabr kunlari Xitoyning Shanhay shahrida karate bo`yicha kattalar o`rtasida "A Seriya" turkumidagi reyting turniri bo`lib o`tadi.
Musobaqada jahonning turli mamlakatlaridan 1000 nafarga yaqin sportchi ishtirok etishi kutilmoqda. Bellashuvlarda o`zbekistonlik karatechilar ham sovrinli o`rinlar uchun kurash olib boradilar.
Terma jamoamiz musobaqada quyidagi tarkibda qatnashadi:
Erkaklar:
-60 kg: Sadriddin Saymatov
-67 kg: Iqboljon Uzoqov
Ayollar:
-50 kg: Baxriniso Babaeva
-61 kg: Barno Mirzaeva
Murabbiylar:
O`ktam Bekpo`latov
Dilnoza Bakirova.






