AsosiySport

8 dekabr kuni dunyoning eng kuchli 8 kikbokschisi Gollandiyada jam bo`ladi

'8 dekabr kuni dunyoning eng kuchli 8 kikbokschisi Gollandiyada jam bo`ladi'ning rasmi

8 dekabr kuni Gollandiyaning Rotterdam shahrida kikboksing bo`yicha uzoq kutilgan GLORY 62 oqshomi bo`lib o`tadi, deb xabar bermoqda Olamsport nashri.

O`z bag`riga 15 000 tomoshabinni sig`diruvchi “Rotterdam Ahoy” arenasida o`tkaziluvchi ushbu turnirda dunyoning superog`ir vazn toifasidagi eng kuchli 8 nafar kikbokschisi ishtirok etadi.

Tarixiy “sakkizlik turniri”da vazni 95 kilogrammdan og`ir bo`lgan fayterlar ringga ko`tariladi. Nokaut tizimidagi ushbu turnir g`olibi 150 000 AQSh dollariga ega bo`ladi. Bir necha yildan beri K-1 superyulduzi gollandiyalik Riko Verxuven aynan mana shu vaznda jahon chempioni bo`lib kelmoqda.

GLORY 62 Rotterdam fayt-karti:

Final: Bout E Winner vs. Bout F Winner

Final oldi jangi, yarim og`ir vazn: Luis Tavares vs. Artur Gorlov

Yarim final, jang F Bout B Winner vs. Bout D Winner

Yarim final, jang E Bout A Winner vs. Bout C Winner

Chorak final, jang D: Guto Inocente vs. Mohamed Abdallah

Chorak final, jang C: Jahfarr Wilnis vs. Tomas Mozny

Chorak final, jang B: Jamal Ben Saddik vs. Junior Tafa

Chorak final, jang A: Benjamin Adegbuyi vs. Arkadiusz Wrzosek

    Boshqa yangiliklar