Xitoyning Gulf Cable Trading Company kompaniyasi «Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zonasi hududida Navoi Cable Connector OAJ chet el korxonasini tuzdi, deb xabar bermoqda UzDaily.
Korxona «Alyuminiy va alyuminiy qotishmasidan elktrotexnika simlarini ishlab chiqarish, kabel izolyasiyasi materiallari va yuqori voltli kabel liniyalari uchun muftalar tayyorlash» bo`yicha investisiya loyihasini amalga oshirish doirasida tashkil etilgan.
Loyihaning ilk davri uchun sarmoyador tomonidan 2 million dollar miqdoridagi investisiya ajratilgan. Keyinchalik sarmoya hajmi 5,95 million dollarga oshirilishi rejalashtirilgan.
daryo.uz





