1

​Dunyo olimlari O`zbekistonda to`planadi

Madaniyat 07.12.2018, 12:48
​Dunyo olimlari O`zbekistonda to`planadi

10-11 dekabr kunlari O`zbekistonda “O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida” loyihasining 2018 yil yakunlari va "Yo`l xaritasi-2019"ni ishlab chiqishga bag`ishlangan xalqaro multimedia forumi bo`lib o`tadi. O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari Milliy assosiasiyasi tashabbusi bilan o`tkazilayotgan ushbu nufuzli anjumanda mamlakatimizdan va dunyoning turli mamlakatlaridan 300 dan ortiq olimlar, mutaxassislar, ekspertlar ishtirok etishi kutilmoqda.

Ta`kidlash o`rinliki, bunday tadbirlarning birinchisi “O`zbekiston madaniy merosi: xalqlar va madaniyatlar o`rtasidagi muloqotga yo`l” kongress 2017 yil may oyida Toshkent va Samarqand shaharlarida o`tkazilgan, anjuman nihoyasida O`zbekiston madaniy merosini saqlash, o`rganish va targ`ib etish Butunjahon jamiyati tashkil etilgan edi.

Joriy yilning iyun oyida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridabo`lib o`tkazilgan forumda ham xalqaro jamiyat a`zolari ishtirok etib, madaniy merosimizni tadqiq etish bo`yicha bir qator yangi kashfiyotlarni jamoatchilik e`tiboriga taqdim etishdi.

— Hali jahonning biror mamlakati tarixiy merosini o`rganish maqsadida bu qadar ko`p olimlarni o`zida jamlaganyirik ilmiy tashkilot tuzilmagan edi, - deydi “O`zbekiston madaniy merosi – dunyo to`plamlarida” loyihasi rahbari Firdavs Abduxoliqov. — Mazkur jamiyat a`zolari orasida mamlakatimizning qator taniqli olimlari qatori xorijiy mamlakatlardanEfim Rezvan, Andrey Omelchenko, Frederik Starr (AQSh), Frensis Rishar (Fransiya), Ketlin Gebl (Germaniya), Lale Uluch (Turkiya) Shohin Mustafoev (Ozarboyjon) singari olimlarni uchratishimiz mumkin.

10-11 dekabr kunlari o`tadigan forumda ham O`zbekiston madaniy merosini tadqiq etish borasida olib borilayotgan ishlar, keyingi yildagi vazifalar haqida so`z yuritiladi.

Rossiya, Turkiya, Chexiya, Germaniya, Yaponiya singari mamlakatlarda saqlanayotgan osori atiqalarimiz haqida hikoya qiluvchi kitoblar-albomlar, shu mavzudagi hujjatli filmlar namoyish qilinadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1