AsosiyDunyo

Quyoshda yana kuchli chaqnash sodir bo`ldi

Quyoshda kuchli chaqnash sodir bo`ldi, deb xabar bermoqda «Segodnya». Bunday hodisalar magnit to`fonlari yaqinlashayotganidan dalolat beradi, deyiladi xabarda.

Kuchli chaqnashga olimlar tomonidan oktyabr oyida aniqlangan va «AR 2192» deb nomlangan ulkan dog` sabab bo`lgan. Bir necha kun davomida ushbu dog` kattalashib, Yupiter hajmiga tenglashib, diametri qariyb 140 ming kilometr kvadratga etgan. Hozirda u quyoshning joriy sikli boshidan, ya`ni 2008 yil 1 yanvardan beri kuzatilgan eng katta dog` hisoblanadi.

NASA mutaxassislarining ma`lum qilishicha, dog` tufayli sodir bo`lgan chaqnash Erning magnit maydoniga ta`sir qilishi mumkin. Quyosh faolligi yorug`lik effektlarini qoldirishga ulgurgan: Er sharining ba`zi burchaklarida qutb yog`dulari paydo bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar