AsosiyShou-biznes

“Terminator” filmi haqida etti fakt

“Terminator” filmi suratga olinganiga 30 yil bo`ldi. Garchi filmning reklama byudjeti kam va afishalardagi nomlar taniqli bo`lmagan bo`lsa ham dunyo ijarasida 100 million dollarga yaqin mablag` to`plagan.

“Terminar” g`oyali Jeyms Kemeronning tushiga kirgan

Jeyms Kemeronning tasdiqlashicha, “Terminator” filmi g`oyasi ilk marta uning tushiga kirgan. “Piraniy” filmini suratga olish jarayonida rejisser qattiq isitmalaydi va dahshatli tush ko`radi. Tushida kuchli olov ichidan temir odam qo`lida pichoq bilan unga tashlanadi.

Uyqudan turgan Kemeron AQShga qaytadi va tushini yangi loyihaga aylantirishga qaror qiladi.

Kemeron “Terminator” huquqini 1 dollarga sotgan

Birinchi “Terminator” filmining ssenariysi tayyor bo`lgach, Kemeron Geyl Enn Xerddan yordam so`raydi. Ular hamkorlik shartnomasi tuzishadi va Kemeron “Terminator” huquqini Xerdga bir dollar evaziga sotadi. Xerd esa buning o`rniga filmni moliyalashtiruvchi studiya topishga rozi bo`ladi.

Lens Xenriksen Terminator bo`lishi mumkin edi

Barchaga ma`lum va mashhur sportchi va akter O.Jey Simpson ham bir vaqtda bosh rol uchun kastingdan o`tgan. Turli manbalar bu ro`yxatga Mel Gibson va Yurgen Proxnoni ham kiritishadi. Ammo Shvarsenegger paydo bo`lguniga qadar bu rol uchun asosiy da`vogar Lens Xenriksen edi.

I’ll Be Back (Men qaytaman) boshlanishi

Tasvirga olish ishlari boshlangan paytda Arnold Shvarsenegger endigina Amerika fuqaroligini olgan bo`lib, ingliz tilida yaxshi gapira olmasdi. Garchi filmda juda ko`p iboralar ishlatilmagan bo`lsa ham temir Arni “I’ll Be Back” aytishga juda qiynalgan.

“Terminator” byudjeti bor-yo`g`i 6.5 million dollar bo`lgan

1980 yillarda gollivud filmlarining byudjeti Superkubokning 30 soniyalik reklama roligini olishdan sal kamroq bo`lgan.

Kesib tashlangan joylari

Filmni ishlash jarayonida uning syujetlari doim qayta ishlangan, takomillashtirilgan. Qandaydir sahnalar qo`shilgan bo`lsa, yana qandaylaridir qo`shilgan yoki almashtirilgan. Aytish joizki, ba`zi sahnalar umuman tomoshabinlar hukmiga havola etilmagan.  

Kemeron “Terminator” sabab “Begonalar” rejisseriga aylangan

“Terminator” Kemeronning keyingi filmi – “Begonalar” (“Aliens”) bilan chambarchas bog`liq. Aytish mumkinki, agar “Terminator” bo`lmaganida ayni paytda hammamizga ma`lum va mashhur “Begonalar” bo`lmasdi.

    Boshqa yangiliklar