​Toshkentda "O`zbekistonning madaniy merosi dunyo to`plamlarida" ko`rgazmasi ochiladi

Madaniyat 10.12.2018, 10:01
​Toshkentda "O`zbekistonning madaniy merosi dunyo to`plamlarida" ko`rgazmasi ochiladi

Bugun, 10 dekabr kuni Toshkentdagi Temuriylar tarixi muzeyida “O`zbekistonning madaniy merosi dunyo to`plamlarida” loyihasi doimiy ko`rgazmasining tantanali ochilishi bo`lib o`tadi.

Tadbir “O`zbekistonning madaniy merosi dunyo to`plamlarida” loyihasining 2018 yildagi faoliyati yakunlari hamda 2019 yilda yo`l xaritasini ishlab chiqishga bag`ishlangan xalqaro multimediyali forum doirasida o`tkaziladi.

«O`zbekistonning madaniy merosi dunyo to`plamlarida» loyihasining doimiy ko`rgazmasi muzey zallarida loyiha tomonidan faoliyati davomida chop etilgan mahsulotlarni namoyish etishga bag`ishlangan.

Uning ekspozisiyasidan “O`zbekistonning madaniy merosi dunyo to`plamlarida” turkumi albom-kitoblarining 20 tomi, “O`zbekistonning arxitektura epigrafikasi” turkumi 12 tomi, hozirgi paytda turli xorijiy mamlakatlar muzeylarida saqlanayotgannoyob o`rta asrlar qo`lyozmalari faksimilesi o`rin olgan. Jumladan,«Katta Langar Qur`oni», «Temur tuzuklari», «Zafarnoma», Husan Boyqaroning «Devoni», «Mirojnoma» kabi asarlar namoyish qilinadi.

Ko`rgazmaga tashrif buyurganlar kitoblar bilan tanishib chiqishi mumkin. Kelgusida ekspozisiya yangi tomlar chop etilishi davomida boyitib boriladi.

Shuni ta`kidlash kerakki, kitob-albomlarni yaratish uchun turli mamlakatlardan O`zbekiston madaniyati va tarixi bo`yicha tadqiqot va axborot maqolalarini chop etgan 100 dan ortiq olimlar jalb qilingan.

Loyiha bir necha yo`nalishlarda amalga oshiriladi, ulardan eng muhimlari ikkita: dunyoning muzey va xususiy kolleksiyalarida saqlanayotgan O`zbekiston madaniy merosi durdonalari haqidagi kitob-albomlarni chop etish, shuningdek, ushbu to`plamlar asosida ma`lumotlarni boyituvchi hujjatli filmlarni yaratishdir. Ushbu filmlar uch tilda ovozlashtirilib, ular yozilgan disklar albomlarga ilova qilinadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1