1

Toshkentda madaniy xalqaro anjuman o`z ishini boshladi (foto)

Madaniyat 10.12.2018, 13:55
Toshkentda madaniy xalqaro anjuman o`z ishini boshladi (foto)

Bugun, 10 dekabr kuni O`zbekistonda “O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida” loyihasining 2018 yil yakunla­ri va “Yo`l xaritasi-2019”ni ishlab chiqishga bag`ishlangan xalqaro multimedia forumi o`z ishini boshladi.

Mazkur yirik anjumanni O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, saqlash va targ`ib etish bo`yicha Butunjahon jamiyatining boshqaruvi raisi, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan jurnalist Firdavs Abduxoliqov ochib berdi.

So`ngra mehmonlar "O`zbekistonning rivojlanish strategiyasi: mamlakatning madaniy merosini asrab-avaylash va o`rganish uchun amalga oshirilayotgan islohotlar, loyihalar va dasturlar" filmini ko`rishga taklif qilindi.

Shaxnoza G`anieva muallifligidagi ushbu kinokartina TV guruh tomonidan suratga olingan bo`lib, unda mamlakatimizda olib borilayotgan ish jarayonlari xususida so`z yuritilgan.


















Ta`kidlash joiz, O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari Milliy assosiasiyasi tashabbusi bilan o`tkazilayotgan ushbu nufuzli anjumanda mamlakatimizdan va dunyoning turli mamlakatlaridan 300 dan ortiq olimlar, mutaxassislar, ekspertlar ishtirok etmoqda.

Sherzod Ikramutdinov olgan suratlar

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1