Professional boksda mag`lubiyatsiz odimlayotgan charm qo`lqop ustalarimiz BAAning Dubay shahrida AIBA prezidenti bilan uchrashishdi.
Bokschilarimiz BUKA brendi ostida dunyoga tanilib borayotgan kompaniya tomonidan Dubay shahrida o`tkazgan taqdimot marosimida ishtirok etishdi, deb yozmoqda Olamsport nashri. O`zbekistonlik aksariyat professional bokschilar aynan BUKA bilan shartnoma imzolashgan.
Murodjon Ahmadaliev, Shahram G`iyosov va Isroil Madrimov Dubayga safar chog`ida yaqindagina Xalqaro havaskor bokschilar assosiasiyasi (AIBA)ning yangi prezidenti etib saylangan G`ofur Rahimov bilan uchrashishdi.






