AsosiyShou-biznes

"Bolalar" va "Yalla" birgalikda kuylaydi

Farrux Zokirov boshchiligidagi “Yalla” hamda Tohir Sodiqovning “Bolalar” guruhini barchamiz bilamiz, ular ijro etgan qo`shiqlarni sevib tinglaymiz.

“Yalla” nafaqat yoshi ulug` insonlarning, balki yoshlarning ham sevimli guruhlaridan biri hisoblansa, “Bolalar” guruhi 90-yillardan keyin tashkil etilib, maktab o`quvchilar orasida juda mashhur bo`ldi.

Shov-shuv.uz saytning xabar berishicha, aynan mana shu ikki afsonaviy guruh ilk marta BAAda konsert dasturini tashkil etmoqchi. Konsert g`oyasi va tashkilotchisi Tohir Sodiqov. Bu uning orzusi bo`lgan ekan.

Konsert dasturi dubayda eng qimmat va sayyohlarning sevimli maskani “Zabil” mehmonxonasida bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar