Muxlislar Osiyo Kubogida O`zbekiston terma jamoasi uchun shior tanlashdi, deb xabar qildi O`zbekiston Futbol assosiasiyasi.
Mazkur musobaqa davomida har bir milliy terma jamoa uchun alohida avtobus ajratilib, ushbu avtobusga terma jamoa shiori yozib qo`yiladi.
Osiyo Futbol Konfederasiyasi rasmiy saytida barcha terma jamoalarning Osiyo Kubogidagi shiori uchun ovoz berish jarayoni bo`lib o`tgandi. O`zbekiston terma jamoasi uchun 3 ta shior varianti taqdim etilgandi:
“Kuch birlikda” — "Force in unity", “Bitta Osiyo. Bitta jamoa. Bitta orzu” – “One ASIA. One team. One dream”, “Biz shu erdamiz. O`zbekiston” – “Here we are. Uzbekistan”.
Ovoz berish yakunida “Biz shu erdamiz. O`zbekiston” – “Here we are. Uzbekistan” shiori g`olib chiqdi. Endilikda ushbu shior Osiyo Kubogi davomida O`zbekiston terma jamoasini olib yuradigan avtobusda aks etadi.
Shuningdek, O`zbekistonning guruhdagi raqiblari uchun shior tanlangan.
Quyida O`zbekiston terma jamoasi raqiblarining shiorlarini keltirib o`tilgan:
“F” guruhi
Yaponiya: “Barchani hurmat qilib, hech kimdan qo`rqmay”
O`zbekiston: “Biz shu erdamiz. O`zbekiston”
Ummon: “4 million yurak, bitta orzu”
Turmaniston: “Yashil maydon, yashil jamoa, yashil Turkmaniston”

Kelasi yilning 5 yanvar-1 fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida Osiyo Kubogi musobaqasi bo`lib o`tadi. Ushbu musobaqada Ektor Kuper boshchiligidagi O`zbekiston milliy terma jamoasi “F” guruhida Ummon, Turkmaniston va Yaponiya terma jamoalariga qarshi kurash olib boradi.






