AsosiySiyosat

Prezident Yakkabogʻda yongʻoq koʻchati oʻtqazdi

'Prezident Yakkabogʻda yongʻoq koʻchati oʻtqazdi'ning rasmi

Prezidentimiz Yakkabog` tumanida “Sag agro Yakkabog’” mas`uliyati cheklangan jamiyati tomonidan barpo etilayotgan yong`oqzor va bodomzorlarni borib ko`rdi, deb xabar berdi davlat rahbarining matbuot xizmati.

Mamlakatimizda qishloq xo`jaligini rivojlantirish, ayniqsa, lalmi er maydonlaridan foydalanishni rag`batlantirish va samaradorligini yanada oshirish, eksportbop yong`oq ishlab chiqarish hajmini ko`paytirish, xorijiy investisiyalarni keng jalb qilish hisobiga zamonaviy yong`oq plantasiyalarini barpo qilish hamda yong`oq etishtirish bo`yicha ilmiy asoslangan usullar va intensiv texnologiyalarni keng joriy etishga alohida e`tibor qaratilmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2017 yil 1 iyundagi “Yong`oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasini tuzish va uning faoliyatini tashkil etish to`g`risida”gi qarori hamda Prezidentimizning joriy yil yanvar oyidagi Qashqadaryoga tashrifi davomida bergan topshiriqlari asosida tumanda “Sag agro Yakkabog’” mas`uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 25 milliard so`m mablag` evaziga 1140 gektar maydonda yong`oqzor va bodomzorlar tashkil etish rejalashtirilgan. Ayni paytda 700 gektar maydonda yong`oqning «Chendler», «Cisco» va bodomning «Avijor», «Guara» navli ko`chatlari o`tqazildi. Kelgusi yil yana 440 gektar maydonda mazkur daraxt ko`chatlari ekiladi. Yong`oqzor 4 yilda, bodomzor 3 yilda hosilga kiradi.

Mazkur bog` to`liq barpo etilgach yiliga 7 ming tonnaga yaqin mahsulot olinadi. 500 nafar mahalliy aholining bandligi ta`minlanadi. Etishtirilgan mahsulotning 60 foizini eksportga chiqarish ko`zda tutilmoqda. Korxona kelajakda faoliyatini kengaytirish va eksport hajmini oshirishni rejalashtirgan.

Prezidentimiz bu erga yong`oq ko`chati o`tqazdi.

Davlatimiz rahbari mahalliy tabiiy-iqlim sharoitlarga mos yong`oqning serhosil plantasiyalarini yaratish, hududlarda yong`oq ishlab chiqarish hajmini ko`paytirish, mahsulotni sotish bozorlarini kengaytirish, ishlab chiqilgan innovasion texnologiyalarni yong`oq etishtirish jarayoniga joriy qilish, yong`oq ko`chatlarini parvarish qilishga jalb etiladigan agronomlarni yong`oq plantasiyalarida agrotexnik tadbirlarni to`g`ri o`tkazish bo`yicha o`qitish uchun maxsus tayyorlov kurslarini tashkil etish bo`yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Shu erning o`zida Qashqadaryo viloyati tumanlaridagi zaxira er maydonlarida o`rmon xo`jaliklari tomonidan 2019-2020 yillarda pista, achchiq bodom, yong`oq va chakanda (oblipexa) plantasiyalarini tashkil etish hamda Qamashi davlat o`rmon xo`jaligida kurkachilikni rivojlantirish, mamlakatimizdagi o`rmon xo`jaliklari va fermer xo`jaliklarida pista plantasiyalari barpo qilish, qorako`lchilik, uzumchilikni rivojlantirish, «Nasaf agro impeks» MChJ tomonidan Kitob tumanida zamonaviy intensiv bog` tashkil etish loyihalari taqdimoti o`tkazildi.

Davlatimiz rahbariga viloyatda baliqchilik, parrandachilik, chorvachilik sohasini rivojlantirish bo`yicha amalga oshiriladigan ishlar haqida ma`lumot berildi.

    Boshqa yangiliklar