Qarshi shahrida Qashqadaryo viloyati faollari yig`ilishi davom etmoqda, deb xabar berdi O`zA.
Mamlakatimizning Buyuk Britaniya, Eron va Polsha davlatlaridagi elchixonalari Qashqadaryo viloyatiga biriktirilgani haqida avval xabar qilgandik. Prezidentimizning tashrifi doirasida kecha Qarshi shahridagi taqdimotlarda Buyuk Britaniyadagi elchimiz Alisher Shayxov 276 million dollarlik 5 ta loyiha, Polshadagi vakil Bahrom Boboev 163 million dollarlik 8 ta, Erondagi elchi Bahodir Abdullaev 61 million dollarlik 9 ta loyihani amalga oshirishga investisiya kiritish bo`yicha takliflar berdi.
Faollar yig`ilishida davlatimiz rahbari bu loyihalar etarli emasligini, elchilarimiz xorijiy investisiyalarni jalb etishni kamida 2 barobarga ko`paytirishlari lozimligini ta`kidladi.
– Elchilarimiz bundan tashqari 2019 yilda har bir tumanga qo`shimcha kamida 10 million dollardan xorijiy investisiya jalb qilishga ko`mak berishi kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.






