Oliy Majlis Senati yalpi majlisida O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o`zgartirishlar kiritish to`g`risidagi masala ko`rib chiqildi.
Ushbu masala yuzasidan so`zga chiqqan Oliy sud raisi K.Komilov Oliy sud sudyaligiga nomzodlar bilan tanishtirdi.
Nodira Boboxonova, Abduvohid Qosimov, Tal`atjon Meliboev va Baxbergan Ubaydullaev 10 yil muddatga Oliy sud sudyalari etib saylandi.
Ikrom Muslimov muddatsiz davrga Oliy sud sudyasi etib saylandi.






