Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 14 dekabr kuni Qarshi shahrida O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gul qo`yib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi, deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati.
Islom Karimov Qashqadaryoga rahbarlik yillarida viloyat iqtisodiyotini ko`tarish, ijtimoiy muammolarni hal etish yo`lida ko`p ishlar qilgani yodga olindi.
Tadbirda nuroniylar ham ishtirok etdi.







