AsosiySiyosat

Prezident sportchilar bilan cuhbatlashdi

'Prezident sportchilar bilan cuhbatlashdi'ning rasmi

Shavkat Mirziyoyev Qarshi shahridagi yangi suv sporti majmuasi bilan tanishdi, deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati.

«Vatanparvarlar» bog`i yonida qad rostlagan ushbu inshoot o`ziga xos memoriy echimga ega. Tashqi ko`rinishi parvoz qilayotgan qushni eslatadi. Uning bir qanotida o`g`il bolalar, ikkinchi qanotida qizlar uchun alohida suzish havzalari bunyod etilgan. Bu erdagi zamonaviy sharoitlar ota-onalarning, yoshlarning suv sportiga qiziqishini oshiradi.

Yuvinish, ovqatlanish, tibbiyot va fitnes xonalarida barcha qulayliklar yaratilgan.

Prezidentimiz bu erda shug`ullanayotgan sportchi va murabbiylar bilan suhbatlashib, ularga kelgusi musobaqalarda muvaffaqiyat tiladi.

    Boshqa yangiliklar